O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Afg`oniston Prezidentiga hamdardlik maktubini yo`lladi. Maktub matni O`zAda keltirildi.
Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti
Muhammad Ashraf G`ani
Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Afg`oniston poytaxti Kobul shahri markazida sodir etilgan mudhish va g`ayriinsoniy terrorchilik harakati oqibatida ko`plab begunoh kishilarning nobud bo`lgani va og`ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg`uga soldi.
Ushbu musibatli damlarda Sizga va birodar Afg`oniston xalqiga chuqur ta`ziya izhor etamiz. Qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni etkazib qo`yishingizni so`raymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog`ayib ketishini tilaymiz.
Qayg`u ila,
Shavkat Mirziyoev,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti