AsosiyDunyo

​Filippinda qurolli hujum uyushtirgan bosqinchi yo`q qilindi

'​Filippinda qurolli hujum uyushtirgan bosqinchi yo`q qilindi'ning rasmi

Filippin davlat polisiyasi rahbari Resorts World Manila kurort kompleksiga qurolli hujum uyushtirgan bosqinchi otib o`ldirilgani haqida ma`lum qildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Kecha barcha OAV va ijtimoiy tarmoqlar Filippinning Resorts World Manila kurort kompleksida terakt yuz bergani haqida xabar berdi. Guvohlar otishma ovozlari, portlash va yong`in haqida ma`lumot berishdi. “Islom davlati” terrorchilik guruhi darrov hujumni o`z bo`yniga olib, bu haqda xabar tarqatdi. Ammo mamlakat hukumati Manila shahrida ro`y bergan voqeaning terrorizmga aloqasi yo`qligini, Resorts World Manila kurort kompleksi qimorxonasiga jinoyatchi hujum qilganligini bildirdi.

Filippin polisiyasi boshlig`i Ronald Dela Ros jinoyatchining polisiyachilar tomonidan o`ldirilganligini ma`lum qildi. Nashrning xabar berishicha, bosqinchi ashaddiy qimorboz bo`lgan. U qurol ko`targancha qimorxonaga bostirib kirib, odamlarga qarata o`q uzgan. Jinoyatchi qimorxonadan 130 million peso (2,6 million dollarga yaqin) qimor soqqasini o`g`irlagan. Polisiya o`g`irlangan soqqalar solingan sumkani topdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar