Niderlandiya hukumati qamash uchun mahbuslar bo`lmaganligi sababli2017 yilning avgust oyiga qadar 5 ta qamoqxonani yopishga qaror qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
2013 yilda yuqoridagi sabab bilan 13 ta axloq tuzatish muassasasi yopilgan edi. Qamoqxonalar yopilishi sababli 2000 nafar odam ishsiz qoladi, faqatgina 700 nafar xodim ishlash uchun boshqa qamoqxonalarga o`tkaziladi. Mamlakatda 2004 yildan beri jinoyatlar soni keskin kamayib ketganligi tufayli qamoqxonalar bo`shab qolgan. Hukumat mahbuslar “taqchilligi” muammosini hal etish maqsadida turli usullarni o`ylab topishdi. 2016 yilning sentyabr oyida Norvegiyadan jazo muddatini o`tayotgan 240 nafar mahbus Gollandiyaga “import” qilindi. Faloiyat yurtayotgan, ammo mahbuslar kam bo`lgan qamoqxonalar davlat byudjetiga katta zarar keltirmoqda. Ayni paytda aholisi 17 million kishi bo`lgan Niderlaniyada 11 600 nafar odamga nisbatan (100 ming kishiga 69 nafar jinoyatchi to`g`ri keladi) ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.