AsosiyDunyo

​Afg`onistonda “Islom davlati” terrorchilik guruhi rejalashtirgan teraktlarning oldi olindi

'​Afg`onistonda “Islom davlati” terrorchilik guruhi rejalashtirgan teraktlarning oldi olindi'ning rasmi

Afg`oniston respublikasi xavfsizlik xizmati mamlakatning sharqiy qismidagi Nangarxar viloyatida “Islom davlati” terrorchilik guruhi tomonidan sodir etilishi rejalashtirilgan teraktlarning oldini oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, terrorchilik guruhi xudkush-terrorchi yordamida hukumat tashkilotlariga, Jalolobod shahar xavfsizlik xizmatiga hujum qilishni ko`zda tutgan. Mazkur viloyatda olti nafar xudkush-terrorchi qo`lga olindi.

31 may kuni Qobul shahrida, prezident saroyi va chet el elchixonalari yaqinida bo`lgan portlash oqibatida 100 kishi halok bo`lib, 600 dan ortiq odam yaralangan edi. “Islom davlati” mazkur terakt mas`uliyatini o`z bo`yniga olgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar