O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 8-9 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Ostona shahrida o`tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari tashkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishi, 2017-2018 yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat masalasini ko`rib chiqishi kutilmoqda, deb yozadi O`zA.
ShHTning Toshkent sammiti qarorlarini amalga oshirish doirasida Ostona shahrida Hindiston va Pokistonni tashkilot a`zoligiga qabul qilish jarayoni nihoyasiga etkaziladi.
O`zbekiston Prezidenti Ostona shahrida EXPO – 2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko`rgazmaning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi, qator xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.