Eron tarixida ilk bora xudkush-ayol ishtirokidagi ikkita terakt sodir bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Portlash oqibatida 13 kishi halok bo`ldi, 43 kishi yaralandi. Eronning siyosiy ziyoratgohi bo`lmish Islom inqilobi etakchisi Aytullo Homeyniyning maqbarasi oldida bir necha daqiqa farq bilan ikki marta portlash bo`ldi. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, odamlar nima voqea ro`y berganini darrov anglamagan. Portlash va otishma ovozlaridan keyin odamlar sarosimaga tushgan. Ayollar libosini kiygan terrorchilar parlament binosiga hujum qilgan. Binodagilar nima voqea ro`y berganini tushunganda, kech bo`lgandi. Ichkariga bostirib kirgan jangarilar yo`lda uchragan odamni o`qqa tutgan. Ularning qo`lida Kalashnikov avtomatlari va to`pponchalar bo`lgan. Shu bilan birga imom Homeyniyning maqbarasiga ham hujum qilingan. Avval odamlar o`qqa tutilgan, keyin xudkush ayol belidagi ajal kamarini ishga tushirgan. Maqbara oldiga qo`yilgan yana bir bomba zararsizlantirib, uchinchi teraktning oldini olindi.
Tehron mazkur teraktni amalga oshirishda AQSh va Saudiya Arabistonining qo`li bor, deb hisoblamoqda.
Chunki AQSh prezidenti Donald Tramp va Saudiya Arabistoni rahbarining uchrashuvidan roppa-rosa bir hafta o`tgach, terakt sodir bo`lgan. Eron hukumatining fikricha, ular terrorchilarni qo`llab-quvvatlagan. Ammo mazkur terakt mas`uliyatini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi. Eron xavfsizlik kengashi favqulodda ravishda yig`ilish o`tkazib, nafaqat terrorchilardan, balki ularni qo`llab-quvvatlayotganlardan ham o`ch olishga va`da berdi.