BMT Xavfsizlik Kengashi “Islom davlati” tomonidan dunyoga xavf tug`dirilayotgani haqida hisobot chop etdi. Shu bilan birga hisobotda Iroq va Suriyadagi jangarilar soni hisob-kitob qilindi.
Butunjahon tashkilot ma`lumotlariga ko`ra, terrorchilar qatorida 12 da 20 minggacha jangarilar jang qiladi, ularning soni so`nggi 16 oyda keskin pasaydi. Shuningdek xorijdan jangarilar oqimi ham kamaydi. Kengash endilikda asosiy xavf jangarilarning o`z mamlakatlariga qaytishlari bo`lishini aytmoqda.
BMT IShIDni moliyaviy ahvoli tangligini ta`kidlamoqda. Terrorchilar avvalgiday noqonuniy neft savdosidan daromad olishadi. Ekspertlarning tahminlaricha, jangarilar har oy bir necha o`n million dollar topishadi. 2015 yilda IShID oylik daromadlari 500 million dollargacha bo`lgan.
8 iyun kuni IShID bir necha davlatga tahdidni o`z ichiga olgan noma tarqatdi. Noma ingliz tilida yozilgan bo`lib, u islom diniga mansub odamlarni odamlar ko`p yig`iladigan joylardan yiroqda yurishga chaqirgan: bozor, ko`cha va maydonlar, sababi jangarilar bostirib, dushmanlarni bo`yniga pichoq tortishadi, deyiladi nomada. Tahdidli xat sakkiz mamlakat masulmonlarini ogohlikka chaqirgan, bular: Belgiya, AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Italiya.