Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Ostona sammiti yakunlandi.
Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo`yicha qabul qilingan Ostona deklarasiyasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid asosiy yondashuvlar, ko`p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun barcha sa`y-harakatlarni yo`naltirishga qaratilgan mushtarak intilishlar o`z ifodasini topgan.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda majlis samarali bo`lgani, imzolangan hujjatlar ShHT mamlakatlari o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta`kidlandi, deb yozadi O`zA.
Davlat rahbarlari ShHT sammiti yuksak saviyada tashkil etilganini ta`kidlab, Qozog`iston tomoniga samimiy mehmondo`stlik uchun minnatdorlik bildirdilar.