Ko`rgazmada O`zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya singari 120 dan ziyod davlat o`zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etmoqda.
9 iyun kuni EKSPO-2017 xalqaro ko`rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo`ldi.
Marosimda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.
Ko`rgazmaning asosiy mavzusi “Kelajak energiyasi” deb nomlangan. Energiya iste`moli muammosi jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgani eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada dunyo hamjamiyati tomonidan samarali faoliyat olib borilmoqda.
Ko`rgazmada O`zbekiston faol ishtirok etayotgangani ekspertlar tomonidan e`tirof etilmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning namoyishi uchun ikki qavatli bino ajratilgan.
O`zbekiston pavilonining birinchi qavati 630 kvadrat metr maydonni egallagan. Bu erda quyosh, shamol va suv, ya`ni kelajak energiyasi mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Mamlakatimiz pavilonidan o`rin olgan quyosh energiyasi stendi 2030 yilda avtomabillarni quyosh nuri yordamida qanday quvvatlantirish mumkin ekani amalda namoyish etilmoqda va bu ko`rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg`otayotir.
Umumiy maydoni 550 kvadrat metrni tashkil etgan ikkinchi qavatda mamlakatimizning transport va logistika, turizm sohalari hamda oziq-ovqat, vino va sharbat tayyorlash sanoatida erishilgan yutuqlar, milliy taomlarimiz namoyish etilmoqda.






