1

​Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

Jamiyat 12.06.2017, 10:19
Teglar: Shavkat Mirziyoev, ​Samarqand
​Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi, deb yozadi O`zA.

Davlatimiz rahbari 8-9 iyun kunlari Ostona shahrida o`tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo`lishini alohida ta`kidladi.

Tashkil etiladigan yangi markaz islom madaniyati va qadriyatlarini targ`ib qilish, yoshlarimizni turli yot g`oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta`lim-tarbiya olishi, komil inson bo`lib etishishi, navqiron avlodning qalbida buyuk ajdodlarimizga munosib bo`lishdek yuksak tuyg`ularni shakllantirishga xizmat qiladi.

Prezidentimizga bunyod etilayotgan markazning umumiy konsepsiyasi, atrofini obodonlashtirish bo`yicha qilinadigan ishlar loyihasi haqida ma`lumot berildi.

Muborak Ramazon oyida bunday ezgu ishlarni boshlash va amalga oshirish har jihatdan xayrli va maqsadga muvofiqdir, dedi davlatimiz rahbari. Pok niyatlar bilan boshlagan ishimiz o`z mevasini beradi. Yana bir jihatga alohida e`tibor berish kerak. Imom Buxoriy majmuasiga ziyoratga keluvchilar markazga ham kiradi, ular haqiqiy islom ta`limoti to`g`risida kerakli ma`lumotlar olsin.

Loyihalarda majmua atrofini obodonlashtirish, yo`llarni kengaytirish, savdo va maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchalari qurish va ta`mirlash lozimligi o`z aksini topgan.

O`zbekiston Prezidenti 21 may kuni Saudiya Arabistonida bo`lib o`tgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashdi. O`zbekiston bilan Islom taraqqiyot banki o`rtasida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazini tashkil qilish bo`yicha Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan bugun tizimli ishlar olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari Payariq tumanida aholi uchun ikki va uch qavatli arzon uy-joylar qurish loyihasi bilan ham tanishdi.

Prezidentimiz Payariq tumanidagi "To`polos" fermer xo`jaligi dalasida bo`ldi. Fermer va dehqonlar bilan suhbatlashdi, qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi bilan qiziqdi. Paxta va g`alla maydonlarini ko`zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoev raisligida viloyat rahbarlari, mutasaddilari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish, yangi ish o`rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha olib borilayotgan ishlar, istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Sharhlar

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Samarqandda Sobalt haydovchisi maktab o`quvchisini urib yubordi

01.05.2024, 14:46

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahar O`zbekiston ko`chasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi, yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan 8...
Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1