AQSh hukumati Kanzas-Sitida yashovchi sodir etmagan jinoyati uchun qiyofadoshining o`rniga 17 yil qamoqda o`tirgan yigitni jazodan ozod etdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Richard Jons 1999 yilda talonchilikda ayblanib, 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Faqatgina guvohlarning ko`rsatmalariga binoan unga nisbatan ayblov e`lon qilingandi.
Jons aybi yo`qligini aytib, huquq himoyachilaridan yordam so`radi. Ular voqea joyi yaqinida tashqi qiyofasi Jonsga o`xshab ketadigan Riki ismli yigit yashashini aniqlashdi.
“Men qiyofadoshimning suratini ko`rgach, hammasiga tushundim”, dedi Jons.
Yangi sud jarayonida guvohlarning ko`rsatmasi tinglanib, Riki va Jonsning suratlari solishtirib ko`rildi va Jonsning aybsizligi o`z isbotini topib, qamoqdan ozod etildi.