AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Toshkentda videoselektor yig`ilish o`tkazdi

'​Shavkat Mirziyoev Toshkentda videoselektor yig`ilish o`tkazdi'ning rasmi

Toshkent shahrida 12 iyun kuni videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda joriy yilning birinchi yarim yilligi bo`yicha kutilayotgan natijalarni oldindan tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etgan holda, barcha soha va tarmoqlarda belgilangan prognoz ko`rsatkichlari va maqsadli parametrlarga erishishni ta`minlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, vazirlik va idoralar, xo`jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali yig`ilishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyat, shahar va tuman hokimlari, vazirlik va idoralarning hududiy bo`linmalari, joylardagi korxonalarning rahbarlari, jamoatchilik vakillari va tadbirkorlar qatnashdi.

Yig`ilishni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshqardi, deb yozadi O`zA.

Yig`ilishda mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`tarish bo`yicha belgilab olingan strategik vazifalarni amalga oshirish yuzasidan joriy yilning o`tgan davrida erishilgan ijobiy natijalar e`tirof etilib, bugungi islohotlar jarayonidagi kamchilik va muammolar, ularni hal etish yo`llari, ijro intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, davlat boshqaruvi organlari tizimida to`planib qolgan muammolarni hal etish, ushbu tizimni tubdan takomillashtirish va samarasini oshirish bo`yicha keyingi paytda keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta`kidlandi. Bu borada, ayniqsa, 22 vazirlik, davlat qo`mitasi, kompaniya, uyushma va boshqa tuzilmalar yangidan yoki qayta tashkil etilgani, Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibidagi o`nlab idoralar tuzilmasi o`zgartirilib, ularning asosiy vazifa va funksiyalariga aniqliklar kiritilgani muhim amaliy qadam sifatida qayd etildi.

Boshqa yangiliklar