1

​Samarqand viloyati hokimi ish faoliyatida yo`l qo`ygan jiddiy kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi

Jamiyat 13.06.2017, 10:42
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident, hokim, ​Samarqand
​Samarqand viloyati hokimi ish faoliyatida yo`l qo`ygan jiddiy kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 12 iyun kuni bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishda hududlarni rivojlantirish borasida davlat organlarining o`rni va mas`uliyati haqida so`z yuritar ekan, o`tgan haftada Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ayrim rahbarlarning befarqligi va harakatsizligi oqibatida bu hududda juda ko`plab jiddiy muammolar to`planib qolgani ma`lum bo`lganini qattiq tanqid qildi. Ayniqsa, viloyat hokimi va uning o`rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, viloyat idoralari rahbarlari o`rtasida amaliy va sog`lom munosabatga putur etgani Samarqandning bugungi taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Viloyat hokimining jamoatchilik va rahbarlar fikrini inobatga olmasdan ish tutishi, ijrochilar oldiga sayoz o`ylangan vazifa va topshiriqlarni qo`yishi, unda jur`at va tashabbuskorlik, mas`uliyatni dadillik bilan o`ziga olish fazilatlari etishmasligi hozirgi vaqtda viloyatda o`ta jiddiy va dolzarb vazifalarni hal etish imkonini bermayapti. Xalq bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot mavjud emas, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarda uzilish paydo bo`lgan.

Mazkur hududda barpo etilayotgan ob`ektlarni qurish, investisiya mablag`larini o`zlashtirish ishlari oqsamoqda, eksportga chiqariladigan mahalliy mahsulotlar hajmini ko`paytirish ta`minlanmayapti. Shahar va tumanlarda obodonchilik, odamlar uchun qulay, toza-ozoda muhit yaratish masalalari ham o`z holiga tashlab qo`yilgan. Viloyat moliya va soliq idoralari soliq bazasini kengaytirish imkoniyatlarini izlash va ularni to`liq ishga solish ishlari bilan etarli darajada shug`ullanmayapti. Ana shu muammolarni hal etish, bu yo`lda butun Samarqand ahlini birlashtirish va o`z ortidan ergashtirish uchun viloyat hokimi H.Oqbo`taevda bilim va salohiyat, rahbarlik tajribasi etishmadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi H.Oqbo`taev ish faoliyatida yo`l qo`ygan ana shunday jiddiy kamchilik va nuqsonlar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Sharhlar

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Samarqandda Sobalt haydovchisi maktab o`quvchisini urib yubordi

01.05.2024, 14:46

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahar O`zbekiston ko`chasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi, yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan 8...
Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1