AsosiyDunyo

​YuNISEF poliomielit kasalligi mavjud mamlakatlarni sanab o`tdi

'​YuNISEF poliomielit kasalligi mavjud mamlakatlarni sanab o`tdi'ning rasmi

Poliomielit holatlari bugungi kunda faqat uchta mamlakatda uchramoqda.

BMTning Bolalar jamg`armasi (YuNISEF) bayonotida Poliomielit holatlari hozirda Afg`oniston, Nigeriya va Pokistonda uchrayotganligi qayd etilgan.

“30 yil oldin poliomielit 125 mamlakatda 350 ming nafar bolani falaj qilgan, biroq hukumatning ekstraordinar kuchlari, sog`liqni saqlash sohasi xodimlari, donorlar va poliomielitni yo`q qilish bo`yicha kuchlar sa`y-harakati bilan virus uchta mamlakat Afg`oniston, Nigeriya, Pokistondan tashqari hamma erda yo`q qilingan”, — deyiladi YuNISEF bayonotida.

Bugungi kunga qadar bir nechta kasallik holati qayd etilgan.

Atlantadagi konferensiya chog`ida bir qator davlatlar va hayriya tashkilotlari poliomielitni yo`q qilishga 1 milliard dollardan ko`proq mablag` yo`naltirishga kelishishgan.

    Boshqa yangiliklar