AsosiyJamiyat

​Rossiya Federasiyasi juma namozlarida o`zbekistonlik imomlar ma`ruza qildilar

'​Rossiya Federasiyasi juma namozlarida o`zbekistonlik imomlar ma`ruza qildilar'ning rasmi

Ramazon oyi davomida Rossiya Federasiya shaharlarida taroveh namozlarini o`qib berish uchun yurtimizdan jo`nab ketgan qorilarimiz xatmi Qur`onlarni zo`r ishtiyoq bilan davom ettirmoqdalar. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo`limi xabar berdi.

Kuni kecha vakillarimiz taroveh namozlarini ado etib berayotgan masjidlarda juma namozlarini o`qib berdilar. Qorilarimiz juma ma`ruzalarida Ramazon oyining fazilatlari, Ramazon ro`zasi haqida Qur`on va hadislarda keltirilgan oyat hamda hadislar asosida to`xtalib o`tdilar. Shuningdek, ma`ruza davomida musulmonlarning turli buzg`unchi oqimlar girdobiga tushib qolmasliklari, buning uchun amalga oshirish lozim bo`lgan ishlar haqida aytib o`tdilar.

Juma namozlarida faqat erkaklar yig`ilishini inobatga olib, juma namozidan so`ng ayollar uchun alohida yig`ilish o`tkazilib, ularni hozirgi globallashuv va tahlikaviy davrda yoshlar va ayollarni turli noto`g`ri aqidaviy hurujlardan saqlanishlari haqida gapirib o`tildi. Bunda ularga O`zbekiston musulmonlari idorasi nashrlaridan bo`lgan “IShID fitnasi” kitobi yaxshi qo`llanma bo`lib xizmat qilmoqda.

Boshqa yangiliklar