1

​Prezident tavsiyasiga binoan Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat 13.06.2017, 12:30
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident, hokim, ​Samarqand
​Prezident tavsiyasiga binoan Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi

2017 yil 13 iyun kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.

Sessiya ishida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov qatnashdi va O`zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Samarqand faollariga, deputatlariga bildirgan fikrlari, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasidagi xato va kamchiliklarga to`xtaldi.

Bundan tashqari, 2017 yilning mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e`lon qilingani munosabati bilan bu borada mahalliy hokimlik va boshqaruv organlari oldida turgan vazifalarga alohida e`tibor qaratdi. Rahbarlarning xalq ichiga kirib, aholi bilan samimiy muloqot qilishi, ularning dardu tashvishlarini tinglab, muammolarga echim topishi xalqimizning davlatdan rozi bo`lishi va turmushi farovonligiga xizmat qilishi ta`kidlandi.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Shu paytgacha viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Okbutaev Ximmat Kuchkarovichni vazifasidan ozod etish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni tasdiqlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tavsiyasiga binoan Jo`raev Turobjon Ikromovich Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Turobjon Jo`raev bungacha Toshkent viloyatining Bekobod tumanida hokim lavozimida faoliyat yuritgan.

2000-2004 yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o`rinbosari, 2004-2008 yillarda Xalq ta`limi vaziri, 2008-2011 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi, 2011-2013 yillarda esa Qashqadaryo viloyati hokimi bo`lgan.

Sharhlar

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Samarqandda Sobalt haydovchisi maktab o`quvchisini urib yubordi

01.05.2024, 14:46

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahar O`zbekiston ko`chasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi, yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan 8...
Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1