O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoev Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid Janobi Oliylariga hamdardlik maktubini yo`lladi.
Unda xususan shunday deyiladi:
“Muhtaram Prezident Janobi Oliylari,
Mamlakatingizning bir qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko`plab insonlarning halok bo`lgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg`uga soldi.
Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylariga va do`st Bangladesh xalqiga chuqur ta`ziya izhor etib, qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg`ularimizni etkazib qo`yishingizni so`raymiz.”