Toshkent shahar IIBB tomonidan xabar berilishicha, 2017 yilning 12 iyun kuni Yunusobod tumanida uch nafar o`zbekiston fuqarosi chet el fuqarosiga hujum uyushtirishgan.
Taxminan soat 02:30 larda, Alisher Ulug`bekovich Yuldashev, Vladislav Dmitrviech Pletnyov va Sergey Dmitrievich Nigmatovlar o`zganing mol-mulkini bosqinchilik yo`li bilan talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida chet el davlat fuqarosiga hujum qilib, tan-jarohati etkazishib, undan 650 AQSh dollari va bahosi 800.000 so`mlik IPhone-4S rusumli uyali aloqa telefon apparatini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo`lgan vaqtida, ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari (bosqinchilik, ya`ni o`zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, zo`rlik ishlatish bilan, qurol sifatida foydalanish mumkin bo`lgan narsalarni ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etish) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.
Yuldashev, Pletnyov va Nigmatovlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar bo`lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.