1

​Xalqaro press-klubda “O’zbekiston 24” teleradiokanalining faoliyati muhokama qilindi

Jamiyat 15.06.2017, 12:57
Teglar: O`zbekiston, Teleradiokanal, ​Xalqaro press-klubda
​Xalqaro press-klubda “O’zbekiston 24” teleradiokanalining faoliyati muhokama qilindi

Joriy yilning 14-iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yilning 2-mayda qabul qilingan “O’zbekiston 24” axborot tahliliy teleradiokanali faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi (2944-son) Qarorning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar diqqat markazida bo`ldi.

Sessiyada O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o`rinbosari Bobir Alixanov, “O’zbekiston 24” teleradiokanali rahbariyati - Direktor Ozod Hamidxo`jaev, direktorning birinchi o`rinbosari Rahim Mahkamov, bosh muharrir Sohibjon Alijonov qatnashib, qarorda belgilangan vazifalar va ularning ijrosiga oid tadbirlar yuzasidan ma`lumotlar berishdi.

Uchrashuvda Xalqaro Press-klub jamoatchilik kengashi a`zolari, ekspertlar, mutaxassislar, xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etishdi. Sessiya “O’zbekiston” telekanalida to`g`ridan to`g`ri efirga uzatildi.

Bugun ommaviy axborot vositalari butun dunyoda isnoniyat ongini, uning dunyoqarashini, maqsad va intilishlarini belgilaydigan eng ta`sirchan kuchga aylangani hech kimga sir emas. Ijtimoiy ongni shakllantirish, jamiyatdagi har qanday islohotlarning muvaffiqiyatli amalga oshirishda kuchli rag`bat vositasi sifatida ayniqsa televideniening imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda.

“Globallashuv”, “integrasiya” iboralari garchi ommaviy urfga aylanganiga qaramay, bu jarayonlar har doim ham hayotimizda ezgu g`oyalarga xizmat qilayapti deyish mushkul. Gap taraqqiyotning ushbu bosqichlari “fonida” axboriy xurujlarni paydo qilish va xalqimiz ongiga turli yo`llar orqali sekin astalik bilan singdirish borasidagi urinishlar haqida bormoqda. Mana shunday murakkab vaziyatda avvalo shiddatli axborot oqimini to`g`ri yo`naltirish, boshqarish, O`zbekiston hamjamiyatini tamomila yot bo`lgan turli informasion xurujlardan mustahkam himoya qilish bugungi televediniening asosiy vaziflaridan biri. Qolaversa, xalqaro maydondagi ayni vaziyat milliy axborot makonida voqea-hodisalarga nisbatan tezkor munosabat bildirishni taqozo etmoqda. Yurtdoshlarimizda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, ularga xolis axborotni etkazish, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlarga nisbatan daxldorlik hissini uyg`otishda milliy teleradiokanallarning faolligini oshirish juda muhim. Shu maqsadda, Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning joriy yil 2-maydagi “O’zbekiston 24” axborot tahliliy teleradiokanali faoliyatini tashkil etish to`g`risida” gi Qarori nafaqat milliy televidenieda yangi tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda, balki ijtimoiy siyosiy zarurat sifatida ham yuksak ahamiyatga ega.

Yangi teleradiokanal 251 nafar shtat birligiga ega bo`lib, “O’zbekiston 24” SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyasiyasi mamlakatda ushbu formatga to`liq o`tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

Qarorda belgilanganidek, yangi teleradiokanal tunu kun bevosita efir davomida zamonaviy jurnalistikaning barcha imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mamlakatimiz tashqi va ichki siyosatining muhim masalalarini butun yurtimiz bo`ylab keng yoritib boradi. Bir vaqtning o`zida xalqaro va mahalliy voqea hodisalarga xolis baho berib, yurtimiz aholisining sifatli axborotga bo`lgan kuchli talabini qondirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Qarorda yangi teleradiokanal zamonaviy mediakontent sifatida o`zida bugungi davrning eng ilg`or mediamahsulotlari, zamonaviy standartlari va kreativ yondashuvlarini ham mujassamlashtirishi alohida ko`rsatilgan.

O`z faoliyati ko`lami doirasida “O’zbekiston 24” teleradiokanali ochiq muloqot muxitida davlat va jamiyat boshqaruv organlari rahbarlari, ekspertlar, keng jamoatchilik va akademik doira vakillari ishtirokida dolzarb muammolarni ijtimoiy muhokamalar markaziga olib chiqish, ularning echimlari bo`yicha aniq takliflar berish kabi vazifalarni ham bajarishi nazarda tutilgan. Bu yo`nalishda yangi teleradiokanalning Taraqqiyot Stategiyasi markazi va “Xalqaro Press-klub” hamda boshqa ommaviy axborot vositalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, fuqarolik institutlari bilan hamkorlik qilishi rejalashtirilgan. Ushbu hamkorlik aloqalari doirasida “O’zbekiston 24” teleradiokanali davlat unitar korxonasi, Taraqqiyot strategiyasi markazi va Xalqaro Press-klub o`rtasida Memorandum imzolanib, hamkorlikdagi ish reja tasdiqlandi.

O`zbekiston tarixida birinchi marta 24 soat davomida axborot uzatadigan yangi formatdagi “O’zbekiston 24” teleradiokanalining tashkil etilgani mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Xalqaro Press-klub sessiyada ta`kidlanganidek, Prezidentimizning ushbu qarori O`zbekiston axborot makonining yorqin istiqbolini belgilash bilan birga, uni xalqaro miqyosda integrasiyalashuvini ta`minlashga xizmat qiladi. Teleradiokanal yaqin kelajakda xorijiy mamlakatlarda ham muxbirlik tarmoqlarining ochishni rejalashtirayotgani bu maqsadlar ruyobida dastlabki qadamlardir.

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1