19 yoshli Reshma Kureshi Nyu-Yorkda o`tkazilgan modalar haftaligida hind dizayneri Archani Kochxarning liboslarini namoyish qildi, deb yozdi Svpressa.ru nashri.
Qiz uzun ko`ylak va nafis tojda podiumga ko`tarildi. Asli mumbaylik bo`lgan Reshmaning yuziga bundan ikki yil muqaddam kislota sepilgan edi. Fojiadan keyin qiz bir ko`zidan ayrildi. Ammo jismoniy kamchiliklariga qaramay, u YouTube kanalida o`z blogini yuritdi.
Hindistonda bunday fojiaga duchor bo`lgan boshqa qizlardan farqli ravishda Reshma mazkur fojia haqida butun olamga jar solishga kuch topdi. Ayni kunlarda uning kanalini 2,5 million nafar odam tomosha qiladi. Hozirda qiz erkin kislota savdosiga qarshi kurashuvchi kampaniyaga rahbarlik qiladi va YouTube kanalidagi roliklarda suratga tushish bilan birga go`zallik sirlari haqida hikoya qiladi. U mazkur harakatlari bilan taqdiri o`zinikiga o`xshash qizlarni ilhomlantirishiga ishonadi.