Yo`lovchi ayol chamadondagi kiyimlari orasiga 8 yoshar o`g`lini yashirib, noqonuniy yo`l bilan Polsha hududiga jamadonda olib o`tishga harakat qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Poezdga chiqish jarayonidagi tekshiruvda bojxona xodimlari yo`lovchi ayolning jamadonida bola borligini aniqlashdi. Bolaning tegishli hujjatlari yo`q edi.
Bu yo`lovchi ayolning ikkinchi urinishi edi. Joriy yilning 11 iyun kuni ham ushbu ayol o`g`lini noqonuniy o`tkazishga harakat qilgan edi.
Ukrainalik ayol ushbu noqonuniy harakati uchun huquq-tartibot organlari tomonidan jarimaga tortildi.