AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev GFR Prezidentiga hamdardlik maktubini yo`lladi

'​Shavkat Mirziyoev GFR Prezidentiga hamdardlik maktubini yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga hamdardlik maktubini yo`lladi. Hamdardlik matni O`zAda keltirilgan.

Germaniya Federativ Respublikasi

Federal Prezidenti

Frank-Valter Shtaynmayer

Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Germaniya Federativ Respublikasining sobiq Federal kansleri Gelmut Kol vafoti to`g`risidagi xabar meni chuqur qayg`uga soldi.

Janob Kol jahon miqyosidagi yirik siyosiy lider va GFRning mashhur davlat arbobi sifatida xotiramizda mangu qoladi. Jahon tarixidagi eng muhim siyosiy voqealar, jumladan, Germaniyaning birlashuvi va Evropa Ittifoqining tashkil topishi bevosita uning nomi bilan bog`liq.

Gelmut Kol, shuningdek, O`zbekiston bilan Germaniya o`rtasida uzoq muddatli sheriklik va do`stlik aloqalari o`rnatilishi va rivojlanishiga beqiyos hissa qo`shgan.

Ta`ziyamni qabul qilishingizni va janob Kolning oila a`zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardligimni etkazishingizni so`rayman.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar