So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Londonning shimoliy qismida furgon avtomashinasi machitdan chiqayotgan odamlarni bosib ketganidan keyin undan tushgan odam qolgan odamlarga pichoq bilan hujum qildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Guvohlarning ma`lumot berishicha, avtomashinada 3 kishi bo`lgan. Ulardan bir kishi qo`lga olindi, qolgan 2 kishi qochib ketdi.
Hujum so`nggi paytlarda terrorchilar qo`llaydigan ssenariy asosida amalga oshirildi. Avvaliga avtomashina Fisberi-park machitidan kechki namozni o`qib chiqayotgan odamlarni bosib ketdi, keyin esa furgondan tushgan odam pichoq bilan ularga hujum qildi. Bir kishi pichoqdan yaralandi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hujum oqibatida 10 kishi jarohatlangan, ulardan 3 kishining ahvoli og`ir, deb baholanmoqda.
Finsberi-parkda mashhur salafiylar machiti mavjud. 1997 yildan 2004 yilga qadar mazkur machitda “Al-Qoida” terrorchilik tarmog`i bilan aloqada ayblangan radikal Abu Hamza al-Masriy imom-xatiblik qilgan.