Jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish holati aniqlandi.
2017 yilning 17 iyun kuni taxminan soat 12:00larda, Dilshod Raximovich Toshmuxamedov jinsiy ehtiyojini g`ayritabiiy usulda qondirish maqsadida, Bektemir tumani hududida joylashgan xonadonida, voyaga etmagan Munisa Farmanovani ojizligidan foydalanib, zo`rlik ishlatib, o`zining jinsiy ehtiyojini g`ayritabiiy usulda qondirgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib, g`ayritabiiy ravishda qondirish, o`n to`rt yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan sodir etish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Toshmuxamedovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismi har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.
Diqqat !!!
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar bo`lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
30.06.2022, 11:24
O`tgan yilning noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda "Shahar bedarvozami? Kim bo`ldi bular bemalol o`zgalarni joniga tahdid qilishmoqda" deb nomlangan video tarqalgan edi. Unga ko`ra, 2021 yilning 31 oktyabr...24.06.2022, 22:27
Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qarshi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida Toshkent shahar hokimi qarori imzolandi. Unga ko`ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, bemorlarga malakali tibbiy yordam...21.06.2022, 11:44
Tojikiston poytaxti Dushunbe shahridan Toshkentga poezd kelmoqda. Bu haqda UzA xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, poezd bugun, 21 iyun kuni soat 13.43 da Toshkent vokzaliga etib kelishi...04.06.2022, 09:54
Toshkent shahar hokimligi fuqarolardan daraxtlar atrofi zich qilib betonlangani yoki asfalt yotqizilayotganini ko`rganda Xalq Nazorati xizmatiga xabar berishlarini so`ramoqda. "Afsuski, ko`pincha daraxtlarga mas`uliyatsiz munosabat uchraydi -...