1

​Olmazor tumanida tashkil etilgan bangixona faoliyatiga chek qo`yildi

Jinoyat 20.06.2017, 10:05
​Olmazor tumanida tashkil etilgan bangixona faoliyatiga chek qo`yildi

Toshkent shahar IIBB xodimlari yana bir jinoyatni fosh etishdi.

13 iyun kuni chamasi soat 23:00 larda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Olmazor tumani hududida joylashgan xonadonda Aleksandr Aleksandrovich Nasakin va Rustam Ilxomjonovich Karimovlar «opiy» giyohvand moddasini iste`mol qilish uchun bangixona tashkil qilishganliklari aniqlangan.

Xonadonni ko`zdan kechirish davomida 0,52 gramm «opiy» giyohvand moddasi, shprislar va giyohvandlik moddasini iste`mol qilish uchun asbob-uskunalar olingan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, bunday vositalarni iste`mol qilish uchun bangixonalar tashkil qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Nasakin va Karimovlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1