Toshkent shahar Sirg`ali tumanida joylashgan Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportdan o`zbek qizlarini Malayziya davlatiga olib chiqib ketayotgan ayol ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo`lga olindi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida Toshkent shahar Sirg`ali tumanida joylashgan I.A.Karimov nomidagi xalqaro aeroportida Bekobod shahrida vaqtincha yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan Xolida Ahrorova (ismlari o`zgartirilgan), tanishlari Bekobod tumanida yashovchi 1983 yilda tug`ilgan Manzura Oripova va 1998 yilda tug`ilgan Xulkaroy Nodirovalarni Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahridagi mehmonxonalarning birida o`zining jinoiy sherigi «Sem» ismli tanishi bilan birga ulardan «Toshkent-Kuala-Lumpur» yo`nalishi orqali Malayziya davlatiga olib chiqib ketayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo`lga olingan.
Undan o`zini va Manzura Oripova va Xulkaroy Nodirovalarning nomiga yozilgan «Toshkent-Kuala-Lumpur» yo`nalishiga berilgan avia chiptalar ashyoviy dalil sifatida olindi. Ushbu holat yuzasidan Xolida Ahrorova nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko`ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.