AsosiyJamiyat

​QOIDABUZARLAR REYTINGIGA TIBBIY TRANSPORT BOShChILIK QILDI: YHXBB VAZIYaTGA OYDINLIK KIRITADI

'​QOIDABUZARLAR REYTINGIGA TIBBIY TRANSPORT BOShChILIK QILDI: YHXBB VAZIYaTGA OYDINLIK KIRITADI'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida Toshkent shahrida joriy etilgan “Yo`l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi” tomonidan qayd etilgan va sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda jarimalarni to`lashdan bo`yin tovlayotgan korxona va tashkilotlar ro`yxati e`lon qilindi.

Ro`yxatdan poytaxt chorrahalarida qoidabuzarligi video kuzatuv kameralarida qayd etilgan 60 ta yuridik korxona nomlari keltirilgan.

Qoidabuzarlar reytingiga transport tashkilotlari, taksi, etkazib berish xizmatlari, qurilish firma, klining kompaniyalari va hatto Toshkent shahar hokimiyati hamda Mexnat bosh boshqarmasi kabi davlat tashkilotlari ham kirgan.

Ta`kidlash joizki, ro`yxatdagi eng ko`p qoidabuzarlar sifatida tibbiyot tashkilotlarining HYUNDAI maxsus tibbiy xizmat ko`rsatish mashinalari qayd etilgan.

Darakchi.uz nashri IIV YHXBBga bunday maxsus mashinalar Yo`l harakati qoidalarida maxsus transport sanaladimi, yo`llarda harakatlanishda afzalikka ega yoki yo`qligi haqidagi savol bilan murojaat qildi.

Matbuot xizmatida bunday maxsus transportlarga nisbatan jarima qo`llash bekor qilinishi mumkinligini ma`lum qilishdi. Faqat buning uchun tibbiyot xizmatini ko`rsatuvchi tashkilot haydovchi tez yordam ko`rsatishga ketayotganligi yohud og`ir bemorni klinikaga olib ketayotganligini isbotlashi shart.

Ushbu ro`yxatda keltirilgan birorta firma bu haqda isbot keltirganicha yo`q.

Matbuot xizmatida foto va videofiksasiya xizmati avtomatik ekanligi va avtotransport vositasi ustidagi yonayotgan mayoqchani aniqlamasligini, shu sababli barcha avtomobillar birday ma`lumotlar bazasiga tushishini ma`lum qilishdi.

Maxsus transportga ega tashkilotlar (tez tibbiy yordam, yong`in va ichki ishlar xizmati) favqulodda vaziyat haqida guvohlik beradigan ro`yxat kitobni taqdim etishlari va shu bilan jarima qo`llash haqidagi qarorni bekor qilish imkoniga egalar.

Aytish joizki, mazkur ro`yxatga 5 tadan ko`p qoidabuzarlik qilgan avtomashina egalari kiritilgan.

Boshqa yangiliklar