Aktyor Yigitali Mamajonov “Darakchi” gazetasi uchun intervyu berdi. Intervyu jarayonida aktyor unashtirilgan qizi bilan tanishuv jarayoni, bo`lajak to`yi, farzandlarining tarbiyasidagi ishtiroki haqida gapirdi.
Xususan, aktyor o`z taqdiri farzandlari hayotida qaytarilganini ma`lum qildi:
“Uch yoshimda dadamdan ayrilganman. Keyinchalik onam turmushga chiqdilar. Ikkinchi dadam ham juda yaxshi inson, mehrim bo`lakcha. Bugungi kunda erishganlarim, inson bo`lib tarbiyalanishimda ularning o`rni katta. O`ylab qarasam, bugun mening taqdirim, bolalarimning hayotida ham qaytarildi. Har bir ota kabi men uchun ham, bolalarimni boshqa ota tarbiyasi ostida katta bo`lishayotganini kuzatish, biroz og`ir. Lekin Yaratganing o`zi ularni o`z panohida asarashiga, kelajakda yaxshi inson bo`lib voyaga etishiga ishonaman. Bugun bolalarim bilan gaplashib, ko`rishib turamiz. Uchrashganda, mehrimni boricha berishga, vaqtimizni mazmunli o`tkazishga harakat qilyapmiz”.
Yigitali Mamajonov bilan to`liq suhbatni “Darakchi” gazetasining kelgusi sonlarida o`qishingiz mumkin.