AsosiyDunyo

​Bryussel vokzallaridan birida teraktni amalga oshirgan erkak otib o`ldirildi

'​Bryussel vokzallaridan birida teraktni amalga oshirgan erkak otib o`ldirildi'ning rasmi

Seshanba kuni harbiylar Bryussel vokzallaridan birida portlashni amalga oshirgan erkakni otib o`ldirdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Mazkur hodisa terakt, deb baholandi. Teraktda uning tashkilotchisidan boshqa hech kim jabrlanmadi. Belgiya poytaxtidagi markaziy temiryo`l vokzali oldida yuz bergan va polisiya tomonidan «kichik portlash», deb atalgan voqeadan so`ng jamoatchilik transporti harakati to`xtab qoldi. Zudlik bilan odamlar evakuasiya qilindi. Belgiya ommaviy axborot vositalarining xabariga ko`ra, polisiyachilar belbog`iga portlatgich bog`lab olgan insonni yo`q qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar