Filippin janubida “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan yaqin aloqada bo`lgan jangarilar maktabga hujum qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, jangarilar o`quvchilarni garovga olgan. Hozircha jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q.
Joriy yilning may oyida Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakatning janubiy viloyati bo`lmish Mindanaoda hukumat armiyasi bilan jangarilarning to`qnashuvi sababli harbiy tartib joriy etgan edi. 500 nafar jangari ishtirokida Maravi shahrida jang bo`lib o`tdi. Ayni paytda Maravi shahri jangning eng qaynoq nuqtasi bo`lib turibdi. Seshanba kuni harbiylar yana shaharga hujum qildi.
Dushanba kungi ma`lumotlarga ko`ra, armiyaning to`rt haftadan beri jangarilar bilan bo`layotgan to`qnashuvida 257 nafar jangari yo`q qilingan, 62 nafar harbiy va 26 nafar tinch aholi halok bo`lgan.