Belgiyaning Elzenborn shahridagi harbiy lagerda sayr qilib yurgan bolalarni yuk mashinasi haydovchisi bosib ketishga harakat qildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
O`quvchilarni halokatdan o`qituvchining hushyorligi saqlab qoldi. U bostirib kelayotgan mashinadan bolalarni ogohlantirdi. Yuk mashinasi haydovchisini harbiy patrul qo`lga oldi.
Mazkur avtomobil haydovchisi ruhiy nosog`lom, Germaniya fuqarosi ekanligi aniqlandi. Dastlabki tergovdan keyin u darhol ruhiy kasalxonaga yotqizildi. Tergov jarayonida, yuk mashinasi haydovchisi harbiy lagerga kelayotganda, yo`lda bir nechta YTHlarni amalga oshirib, voqea joyidan yashiringanligi ma`lum bo`ldi.