AsosiyShou-biznes

​“O`zbekkonsert” xonandalarning qonuniy faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida reydlar o`tkazadi

'​“O`zbekkonsert” xonandalarning qonuniy faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida reydlar o`tkazadi'ning rasmi

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi 2017 yilning 1 iyulidan boshlab, lisenziyaga ega xonandalar uchun bir qator yangiliklarni joriy etmoqda. Xususan, ko`plab taniqli xonandalar bugungi kungacha lisenziya to`lovlarini to`lamay yurishi holatlari kuzatilmoqda va ularga rasman qat`iy ogohlantirishni ma`lum qilinib, 1 iyuldan boshlab Respublika bo`ylab xonandalarning qonuniy faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida reydlar tashkil etiladi hamda lisenziyasiz faoliyat yuritayotganligi uchun qonunda belgilangan tartibda choralar ko`riladi.

“Qonunda belgilangan tartibga muvofiq lisenziatlar(lisenziyaga ega xonandalar) yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi va daromad solig`idan ozod etilgan, shuningdek soliq kodeksiga asosan ularga ijtimoiy majburiy sug`urta to`lovi belgilab qo`yilgan. Bugungi kunga kelib, san`atkorlarga shunchalik shart-sharoitlar , imtiyozlar (xususan daromad solig`idan ozodligi xam) yaratilishiga qaramasdan ayrim xonandalar tomonidan shu ijtimoiy majburiy sug`urta to`lovlarini to`lamaslik holatlari kuzatilmoqda.

Joriy yilning 10-iyuliga qadar ushbu ijtimoiy majburiy sug`urta to`lovlarni to`lashdan bosh tortayotgan xonandalarni lisenziyalari bekor qilinishini ma`lum qilamiz va bu xaqida ogohlantiramiz!”, — deydi "O`zbekkonsert" davlat muassasasi lisenziya bo`limi boshlig`i Odiljon Abduqahhorov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar