Britaniyaning Daily Star gazetasi to`y sayohati uchun eng ma`qul bo`lgan 14 mamlakatni sanab o`tdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Mazkur ro`yxatdan Tinch okeanida joylashgan Fransuz Polineziyasidagi Bora-Bora oroli ham o`rin oldi. Bu erdagi maxsus uychalar ikki kishiga mo`ljallangan bo`lib, ularning har birida yotoqxona, vanna va ayvon mavjud. Bino bog`ning ichida joylashgan bo`lib, uning derazasidan chiroyli tabiat manzarasi ko`zga tashlanadi. Fransuz Polineziyasining yonida joylashgan Tetiaroa orolida Pippa Middlton (Kembrij gersoginyasi Ketrinning opasi) va uning turmush o`rtog`i milliarder Jeyms Mettyuslar asal oyini o`tkazishgan.
Mazkur ro`yxatga Maldiv orolidagi Coco Bodu Hithi kurorti ham kiritilgan. Kompleks hududida plyaj, to`rtta restoran, ikkita bar va spa-markaz mavjud. Coco Bodu Hithi kurorti va aeroport orasidagi yo`lni katerda 40 daqiqada bosib o`tish mumkin. Ro`yxatda Indoneziyaning Bali orolidagi Ubud shahrida joylashgan Viceroy Bali nomli besh yulduzli mehmonxona ham kiritilgan. Bu erdagi har bir villa basseyn, jakuzi, yassi ekranli televizor va iPod uchun dok-stansiyalar bilan jihozlangan.
Top-14 ga Tailand, Kamboja, Gresiya, Sen-Lyusiya, Filippin, Vetnam, Hindiston, Keniya, Avstraliya, Fiji va Italiya mamlakatlari ham kiritildi.