AsosiyJamiyat

​Toshkent 2017 yilning yoz mavsumida MDHdagi eng ommabop shaharlar o`ntaligiga kiritildi

'​Toshkent 2017 yilning yoz mavsumida MDHdagi eng ommabop shaharlar o`ntaligiga kiritildi'ning rasmi

2017 yilning yoz mavsumida sayohat qilish uchun MDHdagi eng ommabop shaharlar reytingi tuzildi.

Uz24 nashrining TurStat agentligi ma`lumotlariga tayanib xabar berishicha, MDHning 10 ta eng ommabop shaharlari ro`yxatida O`zbekiston poytaxti — Toshkent 5-o`rinda qayd etildi. Birinchi o`rinni Ostona shahri, keyingi pog`onalarni Boku, Minsk, Erevan shaharlari band etdi.

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, sayyohlar Ostonaga o`rtacha 3,5 kunga borishadi va mehmonxonada yashash uchun sutkasiga 80$ sarflashadi, Minskda — 2,5 kun (60$ bir sutkada), Bokuda — 5 kun (75$), Erevanda — 3,5 kun (65$), Toshkentda — 2,5 kun (45$), Olma-otada — 3 kun (70$), Kishinyovda — 1 kun (35$), Bishkekda — 1 kun (32$), Kievda — 2 kun (50$) va Ashxobodda — 2 kun (30$).

Turistlar uchun MDHdagi eng hamyonbop shaharlar — Ashxobod va Bishkek, Ostona va Boku esa eng qimmat shaharlar hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar