“Rosselxoznadzor” Novosibirsk bo`limi O`zbekistondan keltirilgan 19 tonna pomidorni qabul qilmadi. Bu haqda “Daryo” UzNews saytiga asoslanib, xabar bermoqda.
Laboratoriya tekshiruvlari natijasida O`zbekistondan yuborilgan pomidorlarda Janubiy Amerika tomat kuyasi borligi ma`lum bo`ldi.
19 tonna pomidor O`zbekistondan fitosanitariya sertifikati bilan yuborilgan edi, ammo laboratoriya tekshiruvlari o`tkazilganda pomidorlar zararlanganligi ma`lum bo`ldi.
Zararlangan mahsulotlarni Rossiya hududida foydalanishga taqiq qo`yilgan.