Kam uchraydigan genetik kasallik tufayli qo`l va oyoqsiz tug`ilgan avstraliyalik yozuvchi va notiq Nik Vuychich ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida rafiqasi Kanae Miyaxara egizaklarga homilador ekanligini ma`lum qildi.
“Bizga egizak farzandlarni ato etgan Ollohdan minnatdormiz! Oilamizga qarata yozib qoldirayotgan ezgu tilaklaringiz uchun tashakkur!”,—deb yozadi Nik Vuychich.
Ma`lumot uchun, Nik Vuychich va Kanae Miyaxaralar hozirgi kunda mutlaqo sog`lom tug`ilgan ikki o`g`ilni tarbiyalamoqda.