AsosiyShou-biznes

​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

'​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)'ning rasmi

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak.

Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z qo`llari bilan taom tayyorlash jarayoni aks ettirilgan suratlarni tez-tez joylashtiradi.

Ayni paytda Jahongir Otajonov onasi bilan birgalikda Rossiya poytaxti Moskva shahrida hordiq chiqarmoqda. Xonanda o`zbek milliy taomlarining, ayniqsa Xorazm taomlarining o`ziga xos mazasi bilan moskvaliklarni lol qilishga ahd qilgan, ko`rinadi. Jahongir Otajonov Rossiya poytaxtida Xorazmcha “shivit oshi” tayyorladi. Jarayon aks etgan suratlar xonandaning Instagram`iga joylandi. Faqat Xorazmda tayyorlanadigan bu taomning resepti va tayyorlash usuli bilan Jahongir Otajonovning muxlislari ham qiziqib qoldi. Shu bois, xonanda suratlardagi izohlarda yozib qoldirilgan taom tayyorlanish jarayoni bilan bog`liq savollarga javob qaytardi, “shivit oshi” qanday tayyorlanishini muxlislarga ham o`rgatdi.

Ma`lum bo`lishicha, “shivit oshi”ni tayyorlash unchalik qiyin emas. Shivit go`sht qiymalagichdan o`tkaziladi, unga xamir qoriladi. Xamirga suv qo`shilmaydi. Xamir yoyilib, lag`monga o`xshab kesilib, suvda pishirib olinadi. Ustiga esa har kim xohishiga ko`ra, qayla tayyorlaydi.




Boshqa yangiliklar