AsosiyDunyo

​Janubiy Koreya sobiq prezidentining dugonasi qamoqqa olindi

'​Janubiy Koreya sobiq prezidentining dugonasi qamoqqa olindi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xening dugonasi, yirik korrupsion mojaro bo`yicha gumonlanuvchi Chxve Sun Sil uch yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.

“Ryonxap” axborot agentligining ma`lum qilishicha, sud Silni qizi Chon Yu Ra o`qigan universitetga noqonuniy bosim o`tkazgani uchun shu muddatga qamashga qaror qildi.

Ma`lum bo`lishicha, Chxve Sun Sil prezident bilan aloqalaridan foydalanib, universitet rahbariyatidan o`z qiziga boshqalarga nisbatan ustunroq munosabatda bo`lishni talab qilgan. Silga, jumladan, universitet ma`muriyati bilan qizining o`qishga kirishi bo`yicha til biriktirish ayblovi qo`yilgan. Pak Kin Xening dugonasi shuningdek universitet pedagogik tarkibidan qizining bajarmagan uy topshiriqlari uchun baho qo`yib berishini talab qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar