AsosiyJamiyat

​Ikki ayol begona uyga o`g`irlikka tushdi

'​Ikki ayol begona uyga o`g`irlikka tushdi'ning rasmi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 2 nafar ayol begona uyga o`g`irlikka tushib, uydan katta miqdordagi pul mablag`larini va qimmatbaho taqinchoqlarni o`g`irlashdi.

Tergov davomida aniqlanishicha, o`g`rilar eshik qulfini kalit tanlash yo`li orqali ochib kirib, u erdan umumiy qiymati 17.000.000 so`mlik zargarlik buyumlari va shu xonadonda mehmonda bo`lgan Navoiylik fuqaroga tegishli ichida 2.000.000 so`m puli va 11.000 AQSh dollari bo`lgan sumkasini o`g`irlab ketishgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabariga ko`ra, ushbu ish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar