Saudiya Arabistoni hukumati Qatar bilan munosabatlar taranglashishi ortidan qatarliklarga tegishli bo`lgan tuya va qo`ylar ham mamlakat hududini tark etishi kerakligini ma`lum qildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 15 mingga yaqin tuya va 10 mingta qo`y allaqachon mamlakat chegarasini kesib o`tishgan. Shu munosabat bilan Qatarda shoshilinch ravishda hayvonlar saqlanadigan joy tashkil qilingan. Unda hayvonlarni boqish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Baxrayn, BAA va Misr Doxani terrorizmni qo`llab-quvvatlaganlikda aybladi va u bilan tuzilgan diplomatik shartnomalarni bekor qildi.
Biroz muddatdan so`ng, Qatar bilan diplomatik aloqalarni bekor qilgan davlatlar qatoriga Livan, Yaman, Maldiv orollari va Mavritaniya ham qo`shildi.