AsosiyJamiyat

​Bir haftada Toshkent shahrida 26 ta jinoyat fosh etildi

'​Bir haftada Toshkent shahrida 26 ta jinoyat fosh etildi'ning rasmi

Haftaning Payshanba kunini Respublikamiz miqyosida «JINOYaTChILIKNING OLDINI OLISh VA PROFILAKTIKA KUNI» deb e`lon qilinganligi munosabati bilan Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi tomonidan 9 ta yo`nalishlarda tadbirlar o`tkazildi va ularni natijalari yuzasidan keyingi sahifalarimizda batafsil ma`lumotlar berib boriladi.

2017 yilning 15 iyun kunidan 22 iyun kuniga qadar Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan

- jamoat tartibini saqlash

- fuqarolar xavfsizligini ta`minlash

- ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish

- jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish

- yo`l harakati va yong`in xavfsizligi profilaktikasi xamda

- sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berildi.

Sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta`minlash maqsadida, olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida oy boshidan 65 ta, hafta davomida – 26 ta shundan:

1 ta – qotillik,

1 ta – og`ir tan jarohati etkazish

2 ta – bosqinchilik

1 ta - talonchilik

11 ta – o`g`irlik,

2 ta – bezorilik

8 ta – firibgarlik jinoyatlari issiq izidan fosh etildi.

Shuningdek, yil boshidan – 1076 nafar, oy boshidan – 100 nafar, shundan, hafta davomida – 32 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlandi.

Bundan tashqari, yil boshidan - 350 nafar shaxs bedarak yo`qolgan sifatida ro`yxatga olingan bo`lib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida yil boshidan – 269, oy boshidan – 20, hafta davomida esa – 7 nafari aniqlanib yashash joylariga kaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar