1

​Shavkat Mirziyoev ayrim rahbarlarni qattiq tanqid qildi

Jamiyat 28.06.2017, 10:38
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
​Shavkat Mirziyoev ayrim rahbarlarni qattiq tanqid qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 27 iyun kuni Toshkent shahrida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda 2017 yil birinchi yarim yilligida eksport dasturining ijrosi, mahalliy mahsulotlarni yangi xorijiy bozorlarga sotish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksport faoliyatini yanada qo`llab-quvvatlash, qishloq xo`jaligi va sanoat mahsulotlarini eksportga yo`naltirish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi ko`rib chiqildi. Bu haqda O`zA xabar beradi.

Yig`ilishda Bosh vazir va uning o`rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar, xo`jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya aloqasi orqali Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida tashkil etilgan studiyalarda Qoraqalpog`iston Respublikasi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, eksportchi tadbirkor va fermerlar qatnashdi.

Davlatimiz rahbari bugungi kunda O`zbekiston iqtisodiyotining barqaror va yuqori sur`atda o`sish tendensiyasini saqlab qolish va mustahkamlashning eng muhim omillaridan biri – iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakatimiz hududlarining eksport salohiyatini izchil oshirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini kuchaytirish ekanini alohida ta`kidladi. Bu borada mamlakatimizda eksportchi korxonalar va tadbirkorlik sub`ektlarining eksport faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, qonun hujjatlari bilan ularga berilgan imtiyozlar va yaratilayotgan sharoitlar haqida alohida to`xtaldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev eksport sohasidagi ishlar ahvolini atroflicha tahlil qildi.

“O`zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi O.Rustamov, "O`zagroeksport" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori J.Xolmuhamedov egallab turgan lavozimiga noloyiqligi ko`rsatib o`tildi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari U.Rozuqulov, tashqi savdo vaziri E.G`anievga mavjud kamchiliklari ko`rsatib o`tildi va ularni bartaraf etish bo`yicha aniq topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari "O`zqurilishmateriallari" kompaniyasi, "O`zbekengilsanoat" aksiyadorlik jamiyati, "O`zbekcharmpoyabzali" uyushmasi rahbarlarida mas`uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik etishmayotgani, buning oqibatida mahsulot va xizmatlar eksporti hajmini oshirish borasida kamchiliklarga yo`l qo`yilayotganini qattiq tanqid qildi.

Mazkur tarmoqlar rahbarlariga “hayfsan” e`lon qilinib, ularning zimmasiga mahsulotlar eksporti sohasidagi mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va eksport hajmini izchil oshirish yuzasidan sezilarli o`zgarishlarni ta`minlash bo`yicha aniq vazifalar yuklandi.

Shuningdek, etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish masalasida sustkashlikka yo`l qo`ygan Toshkent, Jizzax va Andijon viloyatlari, shuningdek, qator tumanlar hokimliklari rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.

Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining an`anaviy tashqi bozorlardagi o`rnini mustahkamlash va kengaytirish, yangi tashqi bozorlarni o`zlashtirish bo`yicha tizimli ishlarni ta`minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi komplekslari, tarmoqlar va hududlar rahbarlariga har bir tarmoq va hudud bo`yicha eksport strategiyasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Yig`ilishda tashqi bozorlarda samarali faoliyat yuritish uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, korxona va tashkilotlar tomonidan xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan savdo uylari va logistika markazlari ishini yanada faollashtirish, davlatimiz elchixonalarining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha ishlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yig`ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar, hokimliklar rahbarlarining hisobotlari, takliflari eshitildi va muhokama qilindi, mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada oshirish, eksport geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish bo`yicha aniq topshiriqlar berildi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1