Facebook ijtimoiy tarmog`i asoschisi Mark Sukerberg undagi akkauntlar soni 2 milliardga etganini ma`lum qildi.
RIA Novostining xabar berishicha, bu haqda Sukerbergning o`zi sahifasida yozib qoldirgan.
Bu ko`rsatkichni Sukerberg insonlarni birlashtirishdagi jiddiy muvaffaqiyat deb biladi.
Facebook 2004 yilning fevral oyida 19 yoshli Garvard universiteti talabasi Mark Sukerberg va uning do`stlari Eduardo Saverin, Dastin Moskovis va Kris Xyuz tomonidan yaratilgan.
Facebook eng ko`p tashrif buyuruvchilari mavjud dunyoning veb-saytlar beshligiga kiradi.
Ijtimoiy tarmoqning shtab-kvartirasi Kaliforniya shtatining Menlo-Park shahrida joylashgan. Kompaniya xodimlarining soni 2017 yilning mart holatiga 18770 kishini tashkil qiladi.