Meksikalik bosqinchi “Los-Setas” karteli vakili, Meksikada amalga oshirgan ko`psonli jinoyatlari uchun AQShda ettita umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, bu haqda AQSh adliya vazirligi xabar berdi.
Bu erda gap Chano laqabli 34 yoshli Marsiano Milyane Vaskese haqida bormoqda. U 30 ta qotillik va 300 odam o`g`irligi jinoyati, shuningdek giyohvandlik savdosida ayblanadi.
Bu AQSh qo`shni mamlakatdagi qotilliklari uchun hukm o`qigan ilk holati.
Chano tomonidan amalga oshirilgan qotilliklarda kichik qizaloq bilan bog`liq qotillik ayniqsa juda ayanchli. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, 2013 yilda Vaskes qizaloqni o`ldirib, uning jasadini ota-onasining ko`z o`ngilda dars bo`lishi uchun yoqib yuborgan.