O`zbekiston va Rossiya bosh vazirlari Abdulla Oripov va Dmitriy Medvedev Prezident Shavkat Mirziyoevning 2017 yilning 4—5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifi davomida ikki davlat o`rtasida erishilgan bitimlarning ish jarayonini muhokama qildi. Bu haqda “Government.ru” xabar bermoqda.
O`zbekiston bosh vazirining Rossiya Federasiyasi hamda O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning hamraisi etib tayinlangani munosabati bilan Dmitriy Medvedev suhbatdoshini Rossiya tomonidan komissiya hamraisi etib Rossiya bosh vazirining birinchi o`rinbosari Igor Shuvalovni tayinlangani haqidagi qaror bilan tanishtirdi.