1

​Shavkat Mirziyoev Mirzo Ulug`bek tumanidagi yangi loyihalar bilan tanishdi

Jamiyat 30.06.2017, 10:26
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
​Shavkat Mirziyoev Mirzo Ulug`bek tumanidagi yangi loyihalar bilan tanishdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 29 iyun kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug`bek tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari “Krantas Group” zavodiga tashrif buyurib, qurilish uchun maxsus texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi, deb yozadi O`zA.

Bugungi kunda korxonalarda 645 ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Mahsulot hajmini oshirish, yangi uskunalar sotib olish va ishlab chiqarish sexlarini barpo etish hisobiga yana 150 ish o`rni yaratish mo`ljallanmoqda.

Korxonalarda 2017-2018 yillarda yuk ko`tarish quvvati 100 tonna bo`lgan avtokranlar va ko`p qavatli uy-joylar qurilishiga mo`ljallangan 8 tonnalik kranlar ishlab chiqarish loyihalashtirilgan. Mamlakatimizda tadbirkorlik sohasiga qaratilayotgan alohida e`tibordan samarali foydalanib, joriy yilda korxonaning eksport hajmini 5 million dollarga etkazish, Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg`oniston kabi davlatlarga mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsus texnika vositalari va ishlab chiqarish jarayonini ko`zdan kechirdi. Bu kabi korxonalar mamlakatimiz sanoati rivojlanishining asosiy omillaridan biri ekanini ta`kidladi.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsus texnika turlarini mahalliylashtirishni kengaytirish, kelgusi besh yilga mo`ljallangan davlat dasturini qayta ko`rib chiqib, maxsus texnika importini kamaytirish, mahalliylashtirilgan maxsus texnikalar xaridini ko`paytirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ixtisoslashgan oliy ta`lim muassasalarida kran va maxsus texnikalar ishlab chiqarish bo`yicha yiliga 20-25 mutaxassis tayyorlaydigan fakultetlar ochish va yoshlarni o`qitish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari shu erda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.

Tuman hududida joylashgan ilm va ta`lim muassasalari salohiyatidan samarali foydalanish, aholi turmushi uchun qulay sharoitlar yaratish, mavzelarni obodonlashtirish, loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash va eksport hajmini ko`paytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvida ilgari surgan tashabbusiga muvofiq axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi Mirzo Ulug`bek innovasion markazini tashkil etish, O`zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish bo`yicha kompleks dasturlar, tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar taqdimotlari o`tkazildi.

Ushbu loyihalar tumanning ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o`rinlari tashkil etish va odamlarga qulay sharoitlar yaratishda muhim o`rin tutishi ta`kidlandi. Loyiha tashabbuskorlari va mutasaddilar bilan suhbatda ularni amalga oshirishni jadallashtirish, sifat va muddatga alohida e`tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Prezidentimiz Mirzo Ulug`bek tumani ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi 8-shahar ichki ishlar bo`limi faoliyati bilan tanishdi.

Ichki ishlar organlari tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish zarurligi ta`kidlandi. Ana shu vazifalardan kelib chiqib, ichki ishlarni xalqimizga yanada yaqinlashtirish, jinoyat sodir etilishining oldini olish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish maqsadida poytaxtimiz tumanlari ichki ishlar boshqarmalari qoshida shahar ichki ishlar bo`limlari tashkil etilmoqda.

Mirzo Ulug`bek tumani ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi 8-shahar ichki ishlar bo`limida voyaga etmaganlar va yoshlar bo`yicha inspektor, tezkor vakil, surishtiruvchi, pasport inspektori, profilaktika inspektori faoliyat ko`rsatadi. Ichki ishlar bo`limi sohaga oid eng zamonaviy kompyuter uskunalari bilan jihozlangan. Bu Alisher Navoiy, Bobur, Shukur Burhonov nomidagi, "Gulzor", "Yangi hayot", "Katta qorasuv", "Sho`rtepa" mahalla fuqarolar yig`inlarida yashovchi aholi osoyishtaligini ta`minlash, jinoyatchilikning oldini olishda o`z samarasini beradi.

Prezidentimiz 8-shahar ichki ishlar bo`limi xodimlari bilan muloqot qildi, zamonaviy texnologiyalar bo`yicha amalga oshirilayotgan ish jarayoni bilan tanishdi.

Ichki ishlar idoralarini xalqqa yaqinlashtirishdan maqsad jinoyatchilikning oldini olish, uning asl sabablarini aniqlash, aholining huquq va erkinliklari, tinch va osuda hayotini ta`minlashdan iborat, dedi davlatimiz rahbari.

Shu erda "Avtokon" – avtomashinalarning davlat raqamlarini avtomatik aniqlash va qoidabuzarliklarni qayd etish maxsus apparatining taqdimoti o`tkazildi. Yo`l harakati inspektori mashinasiga o`rnatiladigan ushbu maxsus qurilma qoidabuzarlik sodir etib, jarima to`lamay yurgan transport vositalarini bevosita harakat jarayonida aniqlash imkonini beradi.

Qurilmani yanada takomillashtirish yuzasidan zarur ko`rsatmalar berildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida Mirzo Ulug`bek tumani faollari, mutasaddi tashkilotlar vakillarining yig`ilishi bo`ldi. Unda aholi turmush farovonligini yanada oshirish, bandligini ta`minlash masalalariga alohida e`tibor qaratildi. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`tarishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi, tumanni yanada rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilishi zarur bo`lgan ishlar muhokama qilindi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1