AsosiyJamiyat

​Beeline abonent to`lovini oshirmaydi

'​Beeline abonent to`lovini oshirmaydi'ning rasmi

Beeline aloqa operatori 1 iyul kunidan abonent raqamidan foydalanish uchun to`lov 2000 so`mdan 2750 so`mga oshirilishiga qaramay, kompaniya mijozlari uchun abonent to`lovi avvalgi darajada saqlanib qolishi haqida xabar beradi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Bu joriy yilda ikkinchi marotaba narxlarning oshirilishidir, shunga qaramay, biz bu og`irlikni abonentlarimiz elkasiga yuklash rejamizda yo`q. Bizga ham OAV, ham ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu tarif rejalarimizga ta`sir ko`rsatmaydimi degan savol bilan murojaat qilmoqdalar. Mijozlarni xotirjam qilmoqchiman: faqat Beeline uchun ikkinchi yarim yillikda qo`shimcha harajatlar miqdori o`nlab miliard so`m mablag`ni tashkil etganligiga qaramay, 1 iyuldan abonent to`lovi avtomatik tarzda oshirilmaydi”.

Eslatib o`tamiz, abonent raqami uchun 2012 yilning 1 yanvar kunidan joriy qilingan edi. Avvaliga uning miqdori oyiga 400 so`mni tashkil etgan edi. 2016 yilda mobil operatorlar abonent raqami uchun 1500 so`m to`laganlar. Shunday qilib, to`lov miqdori yildan yilga nisbatan 83%dan yuqori miqdorga oshgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar