AsosiyDunyo

​Tailandda ulkan echkemar sayyoh qizni eb qo`ydi

'​Tailandda ulkan echkemar sayyoh qizni eb qo`ydi'ning rasmi

Tailandda belgiyalik, 30 yoshli sayyoh qiz, Eliza Dallemangeni echkemar eganligi fakti yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Aprel oyining oxirlarida Tau orolidan Elizaning echkemar g`ajigan jasadi qoldiqlari topilgan edi. Ammo Elizaning oila a`zolari bunga ishonmadi. Elizaning jasadi echkemar tomonidan tilka-pora qilingani tufayli uning shaxsi stomatologik ekspertiza yordamida aniqlandi.

Qizning ota-onasi Eliza oxirgi paytda dunyo bo`ylab sayohatga chiqqanligini, yoga va meditasiya bilan shug`ullanganligini ma`lum qildi. Eliza o`limidan bir necha kun ilgari “Skayp” orqali oila a`zolari bilan suhbatlashib, jannatmakon orolda tabiat qo`ynida yashayotganligidan mamnunligini bildirgan. Jurnalistlarning fikricha, tailandlik polisiyachilar turistlar oqimining kamayishidan qo`rqib, qizning haqiqiy o`limi sabablarini yashirmoqda.

So`nggi uch yil mobaynida Tau orolida etti kishi halok bo`ldi. Ularning hammasi uzunligi uch metr bo`lgan echkemarlarga em bo`lgan. Mazkur echkemarlarning zahri kuchli bo`lib, aksariyat hollarda inson o`limiga olib keladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar