Ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning Xarkov shahri yaqinida 29 iyun kuni opa-singil ishtirokida sodir bo`lgan YTH aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Avtofalokatda halok bo`lgan qizlar Instagram’da jonli efirni olib borayotgan edi. Mudhish avtofalokat 29 iyun kuni kechqurun yuz berdi. BMW avtomobili avvaliga zarb bilan elektr simyog`ochga, keyin daraxtga urilgan. Rulda 24 yoshli, orqada esa 16 yoshli singlisi bo`lgan. Kenja qiz voqea joyida, opasi esa kasalxonaga olib ketilayotganda yo`lda vafot etdi.
Nashrning xabar berishicha, qizlar o`limidan bir necha daqiqa ilgari Instagram’da jonli efirni olib borishgan. Kadrdan qizlarning bir-birlari bilan hazillashib kulganini, shisha idishdan qandaydir ichimlikni ichib, qo`shiq xirgoyi qilganini ko`rish mumkin. Oradan sanoqli daqiqalar o`tgach, kuchli zarba va tez yordamga qo`ng`iroq qilayotgan odamlarning ovozi eshitilgan.