AsosiyDunyo

​Amerikalik ayol videorolikni suratga olayotganda turmush o`rtog`ini o`ldirib qo`ydi

'​Amerikalik ayol videorolikni suratga olayotganda turmush o`rtog`ini o`ldirib qo`ydi'ning rasmi

AQShda rafiqasi tomonidan otib o`ldirilgan videobloger Pedro Perezning o`limi sabablari o`rganilmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

22 yoshli Pedro Perez va uning 19 yoshli rafiqasi Monaliza erini o`qdan himoya qilgan ayol haqidagi videorolikni suratga olishni rejalashtirishdi. Ammo ularga mazkur voqeani suratga olish nasib qilmadi, kitobni teshib o`tgan o`q yigitning ko`kragiga qadaldi. Pedro polisiya etib kelgunga qadar vafot etdi. Monaliza yaqin masofadan, haqiqiy to`pponchadan eriga qarata o`q uzgan. Ayni paytda ayol qotillikda ayblanmoqda. Juftlikning uch yoshli qizi bor, Monaliza yana ikkinchi farzandiga homilador.

Mudhish voqeadan avval ular etti ming nafar kuzatuvchisi bo`lgan YouTube-kanaliga osoyishta oilaviy hayotlari haqidagi videorolikni joylashtirgan edi.

Boshqa yangiliklar